20:58 Nihoyat, Tramp Baydenning g‘alabasini tan oldi | |
AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi raqibi demokrat Jo Bayden «saylovlar soxtalashtirilganligi sababli g‘alaba qozongan»ini aytdi. «U g‘ababa qozondi, chunki saylovlar soxtalashtirilgan edi. Kuzatuvchilarga ruxsat berilmadi, ovozlar obro‘si va uskunalari yomon bo‘lgan so‘l radikal «Dominion» xususiy kompaniyasi tomonidan hisob-kitob qilindi: u esa men katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan Texasda, hatto, kvalifikatsiyadan ham o‘tmadi, yana «soxta» va indamas OAV va hokazo!» — deya Tramp «Twitter»da «Fox News» telekanalining Bayden haqidagi syujetiga izoh yozib qoldirdi. AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud ma’lumotlarga asoslanib Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vostalari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Dunyoning ko‘pgina yetakchilari uni allaqachon g‘alaba bilan tabriklashga ulgurishdi. Shunga qaramay, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovlar hali nihoyasiga yetmagani, o‘z g‘alabasini sudda himoya qilmoqchi ekanligini aytgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|