09:42 Tramp o‘zining og‘ir ahvoldaligini rad etdi | |
Hozirda koronavirusga chalingani sababli harbiy-tibbiy markazda davolanayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining og‘ir ahvoldaligini rad etish uchun millatga videomurojaat yo‘lladi.Tramp videoni tvitterda joylashtirgan. U 4 daqiqacha davom etadi. AQSh prezidenti videoda biroz toliqqan holda stol ortida o‘tirganini ko‘rish mumkin. Videorolik qisqa vaqt ichida millionlab namoyishlar to‘plagan. Trampning ta'kidlashicha, uning ahvoli markazda yaxshilangan. “Men bu yerga kelganimda o‘zimni uncha yaxshi his qilmayotgandim. Hozir men ancha yaxshiman. Keyingi ikki kun nima bo‘lishini ko‘ramiz”, deb aytgan Oq uy rahbari. “Men o‘z ishimga qaytishim kerak, chunki biz Amerikani buyuk qilishni davom ettirishimiz lozim. Biz bu yo‘nalishda ko‘p narsaga erishdik, biroq hali oldinda qiladigan ishlar bor. O‘ylaymanki, yaqinda ishimga qaytaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp va saylovoldi kampaniyasini “yorqin” yakunlashga umid qilayotganini qo‘shimcha qilgan. AQSh prezidenti davlatlar yetakchilariga bildirilgan qo‘llab-quvvatlov va umuman unga sog‘ayib ketishni tilagan barchaga minnatdorlik bildirgan. “Biz bu koronavirusni tor-mor etamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp. AQSh prezidentining ta'kidlashicha, unga Oq uyda davolash kursini o‘tish taklif qilingan, biroq bunday variant uni qoniqtirmagan. Trampning fikricha, unga o‘z ishiga qaytishi uchun jadal va tez davolanishdan o‘tishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu orada Trampning sog‘lig‘idan xabardor manba prezidentning oxirgi soatlardagi ahvoli “xavotir tug‘dirayotgani” va keyingi 48 soat uning sog‘ayishida hal qiluvchi onlar bo‘lishini aytgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|