20:58 Nukusda 21 yoshli qiz o‘zini kanalga tashladi | |
Bugun, 26 aprel kuni Nukusda o‘zini kanalga tashlagan qizning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi. Ertalabki soat 8:30 larda olingan xabarga ko‘ra voqea joyiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yetib borgan. Ular Nukus shahri bo‘ylab o‘tgan “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan noma’lum ayol suvdan qutqarib olishgan. O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu ayol, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Nukus shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|