21:33 O‘zbekistonda avtomobil yoqilg‘isini ishlatganlik uchun yig‘im joriy etiladi | |
Benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun maxsus yig‘im joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yig‘im turini tartiblashtiruvchi nizomni tasdiqlashga oid hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasiga muvofiq, maxsus yig‘im 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘imni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini joriy qilinishi mumkin. Belgilanishicha, maxsus yig‘im miqdorlarini mahalliy hokimliklar belgilaydi. Bunda hokimliklar:
So‘ng hokimliklar maxsus yig‘im miqdorini Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga va hududiy moliya boshqarmalariga hamda avtomobillarga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalariga ijro uchun yuboradilar. Avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazilgan maxsus yig‘im miqdorlarini avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni chakana narxi ustiga qo‘shib realizatsiya qiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘im turi 2019-yil 1-yanvarga qadar ham amalda bo‘lgan. O‘shanda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq o‘rniga oxirgi iste’molchiga benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilayotganda undiriladigan aksiz solig‘i joriy etilgan edi. Avvalroq O‘zbekistonda avtotransport vositasini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi o'zgartirilgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|