16:22 O‘zbekistonda koronavirusga bog‘liq aniq raqamlar yashirilyaptimi? Rasmiylar javob berdi | |
O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar 48 mingdan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq statistikani kamaytirib ko‘rsatayotgani rostmi? Ushbu savolga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov javob berdi.
O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektorining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda bemorlarning soni qo‘shni mamlakatlarga qaraganda ko‘pligi ham raqamlar ochiq-oydin aytilayotganidan dalolat beradi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonning yaqin qo‘shnilarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat quyidagicha: Qozog‘iston: Kasallanganlar – 106 920 nafar; Qirg‘iziston: Kasallanganlar – 44 999 nafar; Tojikiston: Kasallanganlar – 9 088 nafar; Afg‘oniston: Kasallanganlar – 38 815 nafar; Turkmaniston esa hamon koronavirus bilan bog‘liq holat mamlakatda aniqlanmaganini iddao qilib kelmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar 48 192 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 44526 nafari yoki 92 foizi sog‘aygan. Ushbu kasallikdan vafot etganlar esa 400 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatdagi shifoxonalarda 3 266 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|