12:12 O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandimi? Otabekov javob berdi | |
O‘zbekistonda ayni damda koronavirusning birinchi to‘lqini kechmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi. "Hozir ko‘pchilik ikkinchi to‘lqin, uchinchi to‘lqin haqida gapirmoqda. Ko‘plab to‘lqinlarni sanashdi. Ammo qachonki koronavirusga chalingan bemorlar to‘liq tuzalib, koronavirusga chalinish to‘xtasa, hech kim virus yuqtirmay qo‘ysagina birinchi to‘lqin tugagan bo‘ladi. Hozir bizda koronavirusning birinchi to‘lqini", – dedi Otabekov.
Manba: "aniq.uz"
| |
|