Главная » 2021 » Январь » 5 » O‘zbekistonda yetti yangi kompaniya avtomobillar ishlab chiqaradi
22:34

O‘zbekistonda yetti yangi kompaniya avtomobillar ishlab chiqaradi


Mamlakatimizda «UzAuto Motors» hamda yana yetita kompaniya tomonidan turli rusumdagi yangi avtomobillar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Prezidentning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, 2021 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar manzilli dasturiga muvofiq, quyidagilar:

  • «Navoi-Motors» XK (pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yo‘l tanlamas, elektromobil, traktorlar) – 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 12 mln dollar miqdoridagi loyiha;
  • «Manas avto-sanoat» MChJ (yuk mashinalari) – 2021 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 8 mln dollar bo‘lgan loyiha;
  • «Namangan Shangan motors» MChJ (yengil avtomobillar) – 2021 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan BAA kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 2 mln dollar bo‘lgan loyiha;
  • «ADM Jizzakh» MChJ (Lada, Kia, Renault) – 2021-2022 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Koreya eksimbanki ishtirokidagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 43,3 mln dollar bo‘lgan loyiha;
  • «Auto Motors Asia» MChJ (krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar) – 2021-2022 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 10,5 mln dollar bo‘lgan loyiha;
  • «Abbos-Eko Agro» MChJ (yengil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari) – 2021-2023 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 10 mln dollar bo‘lgan loyiha;
  • «Hyundai Motor Uz Namangan» MChJ (tijorat yuk avtomobillari) – Koreya kompaniyalari ishtirokidagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 200 mln dollar bo‘lgan loyiha.

Shuningdek, 2020-2022 yillarda UzAuto Motorsning xorijiy sheriklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar umumiy qiymati 177 mln dollar bo‘lgan loyihalar doirasida yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur loyihalar uchun jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar umumiy qiymati 462,8 mln dollar miqdorida baholanmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobillar, kompaniya, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz