13:01 O‘zbekistonga qanchagacha xorijiy valyuta olib kirish mumkin? | |
Eshitishimcha, jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritilibdi. Qanchagacha xorijiy valyuta olib kirish mumkin va tartibi qanday? Sh.ShOAHMEDOV, Markaziy bank raisi o‘rinbosari: Mazkur tartibga joriy yilning avgust oyida kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd xorijiy valyutani respublikamizga olib kirishga ruxsat etilgan va bunda bojxona organlari tomonidan rasmiylashtiriladigan TS-28 shaklidagi guvohnoma bekor qilingan bo‘lib, ushbu summani olib kirish uchun bojxona dekloratsiyasini to‘ldirishi yetarli ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|