17:34 Olimlar Marsdan Yerga tushishi mumkin bo‘lgan viruslardan ogohlantirdi | |
Olimning so‘zlariga ko‘ra, boshqa sayyoradan viruslarning tuproq, kosmik kemalar, shuningdek, astronavtlar bilan Yerga tushishiga imkon bermaydigan muayyan protokollarni ishlab chiqish kerak. “Barcha tizimlar qator kimyoviy tozalashlardan o‘tkazilishi, shuningdek, issiq sterilizatsiya qilinishi kerak. Namunalar solingan probirkalar xuddi ularda Ebola virusi bordek ishlov berilishi lozim”, — deydi Xabbard. Shu bilan birga professor Mars yuzasidan terib olingan toshlar bilan virusning olib kirilishi ehtimoli juda kamligini qayd etdi. NASA taxminan 2035-yilda odamlarni Marsga jo‘natishni rejalashtirmoqda. .
Manba: "daryo.uz"
| |
|