Главная » 2021 » Август » 1 » Olimlar Yer aholisini «qaytarib bo‘lmaydigan ofat»dan ogohlantirdi
11:43

Olimlar Yer aholisini «qaytarib bo‘lmaydigan ofat»dan ogohlantirdi


Yerdagi iqlim o‘zgarishi sayyoramizning eng muhim funksiyalarining tiklab bo‘lmas yomonlashuviga olib keldi, deya ogohlantirdi Oregon universiteti olimlari. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2020-yil rekord qayd etilgan eng issiq uch ko‘rsatkichdan biri bo‘lgan. Tobora Yer yuzidagi iqlim ofatlari tez -tez suv toshqinlari, bo‘ronlar va o‘rmon yong‘inlari soni ortib bormoqda.

Bularning barchasi, karbonat angidrid darajasining oshishi bilan birga, sayyorani «porox to‘ldirilgan bochka»ga aylantiradi, deydi olimlar.

«Yerning hayotiy tizimlarida keskin o‘zgarishlar ro‘y berayotgani to‘g‘risida dalillar ko‘payib bormoqda. Metamorfozalar marjon qoyalari, Amazonka o‘rmonlari yomg‘iri va G‘arbiy Antarktida va Grenlandiya muzliklari bilan bog‘liq», - deyiladi olimlar hisobotida.

Garchi o‘tgan yili koronavirus dunyo bo‘ylab havo ifloslanishini birmuncha pasaytirgan bo‘lishiga qaramasdan, dunyoda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmagan.

Tadqiqotchilar insoniyatni tabiiy inqirozni yengish uchun birlashishga chaqirishgan, buning asosiy sababi sayyorani odamlar tomonidan haddan tashqari ekspluatatsiya qilishidir.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ogohlantirdi, aholisini, olimlar, ofat, yer | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz