11:06 Olimlar “Sputnik V” vaksinasining samaradorligiga baho berdi | |
Virusologiya va epidemiologiya sohasidagi ingliz mutaxassislari Rossiyaning "Sputnik V" koronavirus vaksinasining samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni juda ishonchli deb atashdi. Bunday bayonot bilan ular Kanadaning CBC telekanalida chiqish qilishdi.
Telekanalning ta’kidlashicha, olimlarning ijobiy baholari rus vaksinasidagi ishlanmalar o‘zining samaradorligini bir necha bor isbotlaganiga asoslanadi. Joriy yilning 11 avgust kuni Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib "Sputnik V" deb nomlangan koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining N. F. Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan va iyun-iyul oylarida klinik sinovlardan o‘tgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|