23:07 Olmaliqlik erkak mast holatda 20 yoshli yigitni pichoqladi | |
20-yanvar kuni soat 23:55 da Olmaliq shahar, Amir Temur ko‘chasida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan A.K mast holda uyining oldida 1994-yilda tug‘ilgan B.B bilan o‘zaro janjallashib qolgan, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati. Janjal oqibatida A.K B.Bning qorin qismiga bir marotaba pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Tibbiyot xodimlarining ma’lumotnomasiga ko‘ra, B.Bning “qovuq sohasining kesilib sanchilgan yarasi, operatsiya davomida aniqlanishicha, ingichka ichakning to‘rt joyidan qorin qismida kesilgan jarohati, arteriya shoxchasining kesilgan jarohati, yo‘g‘on ichak ichki qismiga o‘tmagan kesilgan jarohatlari” borligi aniqlangan. Holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|