22:47 Oltiariqda o‘g‘il o‘z ota uyiga o‘g‘irlikka tushdi | |
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchi T.B.ning birga yashovchi o‘g‘li A.T. sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Manba: "sof.uz"
| |
|