19:01 Prezidentga orzusini aytgan qiz bir kunda niyatiga yetdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Yo‘l-patrul xizmati inspektori bo‘lishni xohlashini aytgan bir oyog‘i yo‘q qiz niyatiga yetdi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi tarqatgan video lavhada aytilgan. Kecha, 14 may kuni Shavkat Mirziyoyev kecha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lgan edi. Tashrif davomida ushbu markazda davolanayotgan qiz Prezidentga YPX xodimi bo‘lmoqchiligini aytgan. Shavkat Mirziyoyev ham u, albatta, orzusiga yetishini, u shaxsan Ichki ishlar vaziriga tegishli ko‘rsatma berishini ta’kidlagan. Bugun, 15 may kuni Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olim Saidov qizaloqqa a’zolik guvohnomasi va maxsus formani topshirdi. Prezident bir oyog‘i yo‘q namanganlik qiz bilan suhbati davomida unga qaysi davlatdan bo‘lsa ham protez olib keltirib berishga va’da berdi.
Prezident qiz salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab o‘qishdan qolib ketganini bilgach, uning o‘qishiga ham yordam berilishini ta’kidladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|