18:58 Putin Erdo‘g‘an haqida: "Erkak. Dumini likillatmaydi" | |
Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshqa davlatlar rahbarlari bilan munosabatlarini sharhlar ekan, har qanday sherik bilan ishlashga tayyorligini aytdi. U, shuningdek, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan munosabatlari iliq ekanligini ta’kidladi. Putin, shuningdek, turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Tog‘li Qorabog‘dagi Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat fonida Turkiya bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar sharoitida ko‘rsatgan harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi. Putinga ko‘ra, u Erdo‘g‘anni so‘zida turgani uchun qadrlaydi. "Erkak. U dumini likillatmaydi”, – dedi Putin Turkiya prezidenti haqida.
Manba: "aniq.uz"
| |
|