19:06 Putin kimga bo‘ysunishini aytdi | |
Prezident Vladimir Putin Rossiya saylovchilariga bo‘ysunadi. Bu haqda Vladimir Vladimirovichning o‘zi bugun, 30 iyun kuni “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida mamlakat fuqarolari savollariga javob berayotib, ma’lum qildi. Tadbir doirasida teleboshlovchi Prezident Putin kimga bo‘ysunadi, degan savolni o‘qib eshittirgan. Bunga davlat rahbari: “Rus xalqiga, saylovchilarga”, deya javob qaytargan. Putinning ta’kidlashicha, “odamlar saylov qutilari oldiga kelganda bu mahalliy, mintaqaviy yoki milliy miqyosda bo‘lsin, o‘zlari qaror qabul qiladi”.
O‘z navbatida, Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyning jamoasi ushbu savol-javobga nisbatan “eng kulgili hazil”, deya munosabat bildirishga ulgurdi. Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada so‘nggi prezidentlik saylovi 2018 yilda bo‘lib o‘tgan. Unda Vladimir Putin 67 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongan. Ushbu davlatda keningi prezidentlik saylovi 2024 yilda bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|