11:00 Putin prezidentlikdan ketgach, nima bilan shug‘ullanishi mumkinligini aytdi | |
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat rahbari lavozimidan ketgach, vinochilik bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu haqda u talabalar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi. Putinning aytishicha, u biznesga qiziqmaydi. Uni vinochilik qiziqtirib qo‘ygan. Biroq biznes sifatida emas, faoliyati o‘laroq.
U shuningdek, huquq sohasida maslahatchi bo‘lishi mumkinligini ham aytib o‘tdi. Putin hozirda maslahatchisi bo‘lgan Boris Titov bilan ishlashi mumkin.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, biznes uni hech qachon qiziqtirmagan. Ammr u tadbirkorlikni olijanob ish deb biladi. Chunki shu orqali ish o‘rinlari ko‘payadi, iqtisodiyot rivojlanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|