23:26 Putin va Medvedevga umrbod daxlsizlik huquqi berildi | |
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputatlari sobiq prezidentlarning daxlsizligini kafolatlovchi qonunni qabul qilishdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Hujjatga ko‘ra, «O‘z lavozimini tark etgan RF prezidenti va uning oilasi kafolatlari» to‘g‘risidagi federal qonunning uchinchi bandiga o‘zgarish kiritildi. Ushbu o‘zgarish sobiq prezidentning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmasligini, uni hibsda ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish kabi choralarni qo‘llamaslikni kafolatlaydi. Shuningdek, bu tartib uning barcha mol-mulki, hujjatlari, yuki va yozishmalarigacha amal qiladi. Hujjatning oldingi tahririda sobiq prezidentni faqat o‘z vakolatini egallab turgan muddati davomidagi faoliyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas edi. Endi esa sobiq prezident duma tomonidan davlatga xiyonatda ayblansagina, undan daxlsizlik huquqi olib tashlanishi mumkin.
Manba: "xabar.uz"
| |
|