22:45 Qidiruvdagi urganchlik ayol chet elda qo‘lga olindi | |
2020-yil 5-aprel kuni BAAning Ajman shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Z.M. shu davlatning tegishli tashkiloti xodimlari tomonidan ushlanib, 25 sentyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysi orqali mamlakat hududiga olib kelindi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli M.Z. 2017-yili BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun borgan. 2018-yilda Yangiariq tumanida yashovchi 26 yoshli E.G. ismli tanishini BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollagan. Shu sababli unga nisbatan 2018-yil 23-avgust kunidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan qidiruvga berilgan edi. Hozirda Z.M.ni Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TBga topshirish choralari ko‘rilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|