19:29 Qiz Zangiota shifoxonasiga olib ketilgan otasini 13 kundan beri topa olmayapti | |
Bemorlarning qarindoshlari Toshkentdagi kovid markazlarda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ayniqsa, bemorning ahvoli og‘irlashgan vaqtda bir shifoxonadan boshqasiga kutilmaganda ko‘chirilganida ularni qidirib topa olishmayapti. Bu haqda «Potrebitel.uz» xabar bermoqda. Qayd etilishicha, bir qiz Atlas kovid markazidan Zangiota shifoxonasiga ko‘chirilgan otasini 13 kundan beri topa olmayapti. Hatto IIBBga murojaat qilingan. Shu sababli Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bu kabi holatlarda fuqarolarga qarindoshlarini topishga yordam beradigan @Zangiota2Bot maxsus botini ishga tushirgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kovid markazlarida joy qolmayotganini ma’lum qilgandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|