17:29 Ramzan Qodirov musulmon roxinjalar masalasida Kreml yondashuviga qarshi ekanligini bildirdi | |
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida Myanmada roxinja musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi. “Agar Rossiya jinoyatlarni sodir etayotgan bu shaytonlarni qo‘llab-quvvatlasa, men Rossiyaning nuqtai nazariga qarshiman. Chunki bu masalada o‘zimning qarashim, yondashuvim bor”, — ta’kidladi Qodirov. Shu bilan birga, Checheniston rahbari hech kim “qotillar va zo‘ravonlar”ni qo‘llab-quvvatlamasligiga ishonch bildi. Oldinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Myanmaning Moskvadagi elchixonasi oldidagi miting haqidagi xabarlar Kremlda tashvish uyg‘otishini bildirgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|