21:47 Samarqandda Cobalt va Nexia to‘qnashdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi | |
Kecha, 7-aprel kuni kechki soat 17:25 larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi . Ma’lum bo‘lishicha, 1996-yilda tug‘ilgan O.Kamolov o‘zining Cobalt rusumli avtomashinasini «Zarafshon o‘ng sohili» 4R-48 yo‘lining 43-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1995-yilda tug‘ilgan S.Sunnatov boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda Cobalt avtomashinasi haydovchisi O.Kamolov va uning 2 nafar yo‘lovchisi voqea joyida, Nexia avtomashinasi haydovchisi S.Sunnatov va uning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek Cobalt avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|