12:06 Samsung yangi Galaxy S8 smartfoni ustida ishni to‘xtatdi | |
Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 smartfonini yaratishni vaqtincha to‘xtatdi, hozircha Galaxy Note 7 smartfonlarining portlash sabablari aniqlanmadi, deya xabar beradi The Wall Street Journal. “Biz hali hamon muammo nimada ekanligini aniqlay olmadik”, — deya ma’lum qildi kompaniya vakili. Galaxy S8 ishlab chiqarish ishlari ikki haftadan so‘ng yangilanadi. Bu vaqt oralig‘ida kompaniyaning yetakchi muhandislari Galaxy Note 7 muammolarini o‘rganishadi. Ekspertlar bir qator sabablarni ko‘rsatishmoqda — dasturiy ta’minotdan tortib, uning yoqilish sxemasigacha. Avvalroq Samsung Galaxy Note 7 savdosi va ishlab chiqarishini to‘xtatgan edi. Kompaniya ishlab chiqarish to‘xtatilgandan 5 milliard dollar zarar ko‘rdi. Ko‘pgina aviakompaniyalar smartfonni samolyot bortiga olib o‘tishni ta’qilashgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|