16:44 Tashkent sitida “maza qilib yurgan” qiz jazolandi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent sitida bemaqsad aylanib yurgan qizning videolari tarqalgan edi. Unga nisbatan Instagram, feysbuk, telegram tarmoqlarida ko‘plab tanqidiy izohlar bildirildi. Kuni kecha ushbu fuqaro Qibray tumanida istiqomat qiluvchi Mahliyobonu Bozorova ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarga nisbatan Sanitariya epidemiologiya davlat nazorati inspeksiyasi vakili tomonidan bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima belgilandi. Shayxontoxur tuman IIBga keltirilgan qonunbuzar esa xalqdan kechirim so‘radi. Fursatdan foydalanib, yoshlarga bu kabi bema’no va bachkana videolavhalar uyushtirmaslik lozimligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Manba: "sof.uz"
| |
|