10:25 Tonggi jinsiy aloqa? | |
Ertalab ham er-xotin birga bo'lishi mumkinmi? Uyatli joyi yo'qmi? Havfli joyi yo'qmi? Tongda er-xotin jinsiy munosabatda bo'lishi nafaqat zararsiz, balki foydalidir ham! Birinchidan, bu er-xotin kun mobaynida ko'tarinki kayfiyatda bo'lishini ta'minlaydi; Ikkinchidan, ertalabki jinsiy aloqa sifatliroq bo'ladi. Chunki erkak va ayolning jinsiy gormonlari ertalab avjida bo'ladi, bu esa aloqa yoqimli bo'lishini ta'minlaydi. Uchinchidan, ertalab erkakning jismoniy kuchi ko'proq bo'ladi; To'rtinchidan, ertalab charchov bo'lmaydi, bu esa yoqimli aloqa garovidir; Homilador bo'lish niyatidagilarga aynan tonggi jinsiy aloqa tavsiya etiladi. Chunki kunning bu davrida erkak spermatozoidlari kuchi ko'proq bo'ladi. Beshinchidan, tonggi jinsiy aloqa ertalabki jismoniy mashg'ulot o'rnini bosib beradi; Oltinchidan, ertalabki jisniy munosabatlarni xush ko'radigan juftliklar stress va depressiyaga kam uchrashi aniqlangan.
Manba: "uzbaby.uz"
| |
|