22:05 Toshkent bankomatlarida pul naqdlashtirishning maksimal summasi ikki barobarga oshirildi | |
Joriy yilning 5-yanvaridan e’tiboran Milliy bankning bankomatlarida pulni naqdlashtirishning maksimal summasi 200 ming so‘m qilib belgilandi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda. Ushbu bank operatsiyasi uchun naqdalashtirilgan pulning 1 foizi miqdorida komissiya to‘lash kerak bo‘ladi. 2017-yil avgustida Toshkent bozorlarida pulni naqdlashtirish uchun bankomatlar o‘rnatilgan edi. Dastlab bir martada yechib olish mumkin bo‘lgan maksimal summa 100 ming so‘m qilib belgilangan edi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|