19:44 Toshkent metrosida poyezd tonnelda to‘xtab qoldi | |
“Toshkent metropoliteni” DUK maʼlumotiga ko‘ra, “Buyuk Ipak yo‘li” bekatiga kirib kelishda 15-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan. Natijada ushbu harakat tarkibi 7 daqiqa davomida tonnelda to‘xtab qolgan. Shuningdek, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezd nozimi tomonidan “Chilonzor” yo‘nalishidagi poyezdlar harakati muvofiqlashtirilgan hamda harakat tarkiblari bekatlarda jadval buzilmasligi uchun belgilangan yo‘riqnomaga asosan vaqtinchalik to‘xtatilgan. Mashinisti tomonidan bajarilgan texnik ishlar natijasida 15-sonli marshrut harakati davom etgan. Hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|