13:51 Toshkentda 17 yoshli sartarosh bir yigitni qaychi bilan o‘ldirib qo‘ydi | |
Ma’lumotlarga ko‘ra, I.A. va A.B. oldidan o‘tib ketayotgan tanishlarini haqorat qilgan. Buning oqibatida I.A va tanishlaridan biri — I.Y. (2003-yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, sartarosh) o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. I.Y. yonida bo‘lgan sartarosh qaychisi bilan uning ko‘krak qafasi old yuzasi — to‘sh sohasiga bir marotaba urib, I.A.ni qasddan o‘ldirgan. Marhumning do‘stlaridan biri Facebook’dagi sahifasiga qotillik I.A.ning qo‘shni mahalladagi bolalar bilan janjali oqibatida yuzaga kelganini yozib qoldirgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qotillikda gumonlanayotgan o‘smir qo‘lga olingan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|