19:11 Toshkentda 87 kishi sog‘aydi | |
O‘zbekistonda koronavirusni yengib o‘tib, sog‘ayganlar 87 nafarga ortib, 4675 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Bugun, 24 iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 72 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 15 nafar, jami 87 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Poytaxtda tuzalganlarning 63 nafari erkak, 24 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 79 yoshda, eng kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Endilikda Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2557 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun O‘zbekistonda 115 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4675 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar esa 6847 nafarga yetdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|