12:20 Toshkentda bir vaqtning o‘zida ikki kafeda yong‘in chiqdi | |
Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan oshxonalarda bir vaqtning o‘zida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida “Buxoro” kafesining oshxonasi hamda Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasida joylashgan “Bistrof” kafesining qariyb 190 kv m ga zarar yetgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 8 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 2 avtonarvon zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in-qutqaruchilarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida binolarning 430 kv.m. maydoni saqlab qolingan. “Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar kelib tushmagan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari ayni vaqtda o‘rganilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|