20:44 Toshkentda karantin vaqtida restoranlardan biri ish boshladi. Nega? | |
Bugun Toshkentda restoranlardan biri, karantin bo‘lishiga qaramay, ish boshlagan. Bu haqda gazeta.uz xabar qildi. Bugun Toshkentdagi restoranlarning biri karantin qoidalariga amal qilgan holda ish boshlashi haqida xabarlar tarqaldi. Buning natijasida tarmoqlarda ushbu holat keskin muhokamlalarga sabab bo‘ldi. Chunki Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq tuman (shahar)larni ko‘ngilochar ob’ektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik belgilab qo‘yilgan edi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|