21:05 Toshkentda kuchli bo‘ron! | |
Qishning bir kuni qolsa ham, qishligini unutma, deb shunga aytishsa kerak. O‘zbekistonning boshkenti Toshkentda yangi hafta bahor havosi bilan qarshilangandi. Bugun, 27 fevral kuni quyosh nuri bilan siyladi, bahor nafasi sezilib turardi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazidan bugun, 27 fevral kuni Toshkent shahrida 20 daraja issiq bo‘lishi, ayrim vaqtlarda yomg‘ir yog‘ishi xabar qilingan edi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda, ba’zi hududlarda 17-22 m/s shamol bo‘lishi aytilgan. Ayni damda (soat 20:35)dagi havo harorati 14 daraja iliqni tashkil etmoqda. Havodagi namlik esa 57 foiz. Yomg‘ir tingani yo‘q, qorga aylanishi kutilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|