11:50 Toshkentda yana bir universitet tashkil qilinadi | |
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi bilan poytaxtda yangi Toshkent materialshunoslik universiteti faoliyatini tashkil etish taklif etilmoqda. Hujjatda loyihasiga ko‘ra, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, shuningdek, boshqa sohalarda yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ta’lim muassasasining asosiy vazifa va yo‘nalishi etib belgilanadi. Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan davlat namunasidagi diplom beriladi. Shu bilan birga, oliygohda ta’lim raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-o‘qitish, «blendedlearning» va boshqa zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Qayd etilishicha, universitet Toshkent shahri Olmazor tumani Mirzo G‘olib ko‘chasi 7a–uy manzilida ochiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|