Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Toshkentda yer osti va yer usti metro qurilishi boshlandi
10:39

Toshkentda yer osti va yer usti metro qurilishi boshlandi


Poytaxtimizda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining joriy yil 9 oyi davomida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 
 
Anjumanda Toshkent shahrida davom ettirilayotgan metro qurish ishlari endi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilishi haqida ma’lumotberildi.   
 
Bugungi kunda Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishidagi ikkita yangi bekatda qurilish ishlari yakunlanish arafasida va yangi yer osti va yer usti tezyurar metro yo‘nalishlarida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

 Ma’lumot o‘rnida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tgan 9 oy davomida 275,7 mln. AQSh dollariga teng eksport xizmatlari amalga oshirildi.  Bu o‘tgan yilgidan 5,2 foiz ko‘p ko‘rsatkichga erishilganini anglatadi.
 
Aksiyadorlik jamiyatning sanoat korxonalarida 312,8 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.  Bo‘sh ish o‘rinlari va aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, qurilishi boshlandi, yer osti va yer usti metro | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz