13:22 Toshkentdagi 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi | |
Bugun, 14 aprel kuni AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bp'lib o'tdi. Bosh davlat sanitariya inspektoriga Toshkent shahridagi 17-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopilgani to‘g‘risidagi xabarlar haqida savol berildi. “Ha, to‘g‘ri. 17-shahar klinik kasalxonasi va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi”, - deya javob qaytardi Nurmat Otabekov. Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1054taga yetgani xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holat 15 mart kuni qayd etilgandi. 13 aprel kuni kunlik zararlanish holatlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 133 holat. Shu vaqtgacha 85 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Manba: "kun.uz"
| |
|