21:02 Toshkentdagi ayrim maktablar masofaviy ta’limga o‘tkaziladi | |
Koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkentdagi ayrim maktablarda o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda. Unga ko‘ra, hududlar rahbariyatining koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralarni joriy etish bo‘yicha vakolatini inobatga olib koronavirusning keng tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrining ayrim maktablarida o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda. Masofaviy shaklga o‘tadigan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab rahbariyati tomonidan ota-onalarga sinf rahbarlari tomonidan yetkazib boriladi. Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi havfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda ularni “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘raydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|