Главная » 2021 » Октябрь » 24 » Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistondagi saylov haqida nima deydi?
16:27

Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistondagi saylov haqida nima deydi?


Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda prezidentlikka saylovlar bo‘lib o‘tyapti. Bu saylov avvalgilaridan farqli o‘laroq 5 partiyadan nomzodlar o‘zaro kurashga kirishgan. Saylov jarayonini qator davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari kuzatib bormoqda.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, saylovni jami mingga yaqin xalqaro kuzatuvchi kuzatib boryapti. Ushbu kuzatuvchilar Yevropa Ittifoqi, Yevropa parlamenti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy tilliy davlatlarning Parlament Assambleyasi, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Osiyo Parlament Assambleyasi kabi tashkilotlar va o‘ndan davlatlardan kelgan. QALAMPIR.UZ ba’zi kuzatuvchilarning bugungi saylov haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Pokistondan kelgan kuzatuvchi Safer Husayn Shoh: Bu mening O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda to‘rtinchi marta ishtirok etishim. Dastlab, 2014 yil bo‘lgan Parlament saylovlarida, keyin 2015 va 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida ishtirok etganman. Bu safargi saylovlarning boshqalaridan farqi shundaki, unda zamonaviy texnologiyalardan yuqoroi darajada foydalanishgan.

Latviyadan kelgan kuzatuvchi Alvis Eglits: O‘zbekistondagi saylovda kamchilik ko‘rmadim. Agar Latviya bilan solishtiradigan bo‘lsak ham deyarli bir xil. Asosiysi saylovda turli xil taloto‘p va namoyishlar kuzatilmadi. Umid qilamanki, ushbu saylovda prezidentlikka loyiq nomzod g‘alaba qozonadi.

Pokistondan kelgan kuzatuvchi Ramzan Muhammad: O‘zbekistondagi saylovlarda ilk bor ishtirok etishim. Aytishim mumkinki, mamlakatning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq hayoti yaxshilanishi va mamalakat rivojlanishida katta ishlar qilmoqda. Ayni shu jihati uchun xalq uni yaxshi ko‘radi.

Qozog‘istondan kelgan kuzatuvchi Zakirjan Kuziyev: Pandemiyadan so‘ng, bunday saylovni o‘tkazish oson emas, lekin O‘zbekiston buning uddasidan chiqdi. Avvalari saylovlarda ko‘proq katta yoshdagilar qatnashardi, hozir esa ko‘rib turganimdek yoshlar faol. Barcha nomzodlarning dasturi o‘ziga yarasha kuchli, biroq Shavkat Mirziyoyevniki ko‘proq ma’qul keldi. Menimcha, Prezidentni o‘zgartirish shart emas.

Xitoydan kelgan kuzatuvchi Yusuke Yagi: Saylovni tashkillashtirish ishlari meni qoniqtirdi. Nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishdim, avval qilgan ishlarini o‘rgandim. Ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi shiorlari ma’qul keldi. Men saylov oldidan nomzodlar  o‘rtasida debat qilish kerak deb o‘ylayman. Shunda nomzodlarning qilmoqchi bo‘lgan ishlari, epchilligi va niyatlarini saylovdan oldin bilib olish mumkin. O‘ylaymanki, xalq o‘ziga ma’qul nomzodga ovoz beradi.

Turkiyadan kelgan kuzatuvchi Akkan Suver: Bu biz kelayotgan to‘rtinchi saylov uchastkasi. Odamlarning jo‘shqinlik bilan ovoz berish uchun kelayotganini ko‘ryapman. Bu saylovlar O‘zbekiston kelajagi uchun yangi sahifa ochishiga ishonaman. Odamlarning saylovlarda o‘z xohishi bilan kelayotgani juda muhim.

Ma’lumot uchun, ovoz berish jarayoni bugun soat 20:00 gacha davom etadi. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish mahalliy vaqtga ko‘ra yakunlanadi. Soat 13:00 holatiga ko‘ra 10 462 575 nafar saylovchi (52,7 foiz) ovoz berdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kuzatuvchilar, Saylov, Xalqaro | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz