Главная » 2020 » Декабрь » 9 » Xatirchida hokimni sudga bergan fermer sirli o‘lim topgani aytilmoqda
22:21

Xatirchida hokimni sudga bergan fermer sirli o‘lim topgani aytilmoqda


Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri sirli o‘lim topgani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, fermer tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga yetmay fermerning jasadi tumanning Polvonota MFY hududidan o‘tgan ariqdan topilgan.

Voqelik bo‘yicha «Xabar.uz» so‘roviga javob berarkan, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov fermerning jasadi joriy yilning 5 noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqladi. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ham bildirdi.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o‘limi yurak nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfeksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Mahkama matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tug‘ilayotgani, ularning vajlarini to‘laqonli tekshirilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilindi. Hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hokimni, fermer, sudga bergan, Xatirchida, o‘lim, sirli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz