Главная » 2021 » Март » 1 » Xitoyda har bir fuqaro kuzatuv ostiga olindi. Nega?
23:08

Xitoyda har bir fuqaro kuzatuv ostiga olindi. Nega?


Xitoyda 1 yanvardan Fuqarolik kodeksi kuchga kirdi. Unga ko‘ra, sun’iy intellekt odamlarni sifatiga qarab ularni saralaydi va jamiyatda o‘rnini belgilaydi. Yozuvchi, faylasuf Mixail Veller “AiF” (2021 y. 7-son) haftanomasida shu xususda o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.

Bu tizim butun sivilizasiya taraqqiyotini o‘zgartira olarmikan?

1 yanvardan Xitoyda aholi jon boshiga raqamlashtirish joriy qilindi va har bir kishiga ijtimoiy ball beriladi. Bu juda oddiy: avval boshda hammaga 1000 balldan beriladi, keyinchalik esa barcha yaxshi amallar uchun ball qo‘shiladi, yomonlar uchun ball olib tashlanadi. Yaxshi amallar - bu: kampirshoni yo‘ldan o‘tkazib qo‘yding, rasionalizatorlik taklifi berding, mitingda so‘zga chiqib kompartiya qarorlarini qo‘llab-quvvatlading va hokazo.

Salbiy amallar: mast bo‘lgan, ishga kech qolgan, onani so‘kkan, nikohsiz jinsiy aloqada bo‘lgan va hatto sun’iy intellekt kuzatuviga qaramay ko‘proq spirtli iste’mol qilgan.

Bularni hammasini qanday kuzatish mumkin?

Juda oddiy. Hamma o‘ziga telefon olib yuradi yoki chip qurilmaga ega plastik kartochkasi bo‘ladi. Mamlakatda shundoq ham kuzatuv kameralari to‘lib-toshgan – ular 600 milliontadan ziyod. Yaqinda esa qo‘shimcha “tanish tizimi” joriy etildi. Endi har qanday odamni nafaqat yuzidan, balki yurishidan ham lahza ichida bilib olish mumkin.

Yangicha tizim qanday ishlaydi?

Agar kishida ballar (1050 va undan ko‘proq ko‘p bo‘lsa, u bir qator imtiyozlar oladi: poyezd va samolyotga imtiyozli chipta, universitetga o‘qishga kirishda ustunlik, kredit olishda hech qanday qiyinchiliksiz darhol rasmiylashtirish... Yuqori davlat lavozimlarini faqat ana shunday kishilar egallashlari mumkin. Agar ballar kam bo‘lsa, u xorijga chiqa olmaydi, tezyurar poyezdga chipta sotilmaydi. Juda omadi kelsa, u taksichi yoki chiqindi tashuvchi o‘rniga da’vogarlik qilishi mumkin. Mohiyatan shaxs qora ro‘yxatdan joy oladi. Agar sen ana shunday omadsiz odam, ichkilikboz yoki siyosiy nomaqbul kishi bilan suhbatlashsang o‘zing jarima olishga mahkum bo‘lasan.

Joriy etilgan bunday tizimda erkinlikdan mahrum bo‘lish hech gap emas. Har bir qadaming qayd etib boriladi. Agar bir necha marta yo‘ldan toysang, keyingi butun hayotingni barbod qilasan. Minus ballardan qutulish juda qiyin – har bir qadamingni kuzatib turgan sun’iy intellekt ustidan shikoyat qilolmaysan, hech narsani isbotlay olmaysan.

Xitoyliklar aksariyati bu tizimni olqishlayapti

Bunday olganda bu tushunarli: yaxshi odamlar yaxshi, yomonlari yomon yashashlari kerak. Shunday qilib, milliard ishchiga ega mamlakat yagona tizimga aylanadi va uning iqtisodiy, ilmiy, siyosiy samaradorligi keskin oshadi. Mohiyatan, nomunosib kishilarni yuqori lavozimlarni egallash yo‘li batamom to‘siladi. O‘g‘ri, korrupsiyachi, axmoq odamlarning nufuzli lavozimni egallashi uchun zig‘ircha imkon qolmaydi. Xitoy yaqin yillarda o‘zining aqlbovar qilmas siyosiy-iqtisodiy tizimi bilan dunyoda qudratli birinchi super davlat bo‘lish imkoniyatiga egami, yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: fuqaro, Xitoyda, kuzatuv | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz