15:11 Xitoyda koronavirus yanada kuchaydi. Buning sababi aytildi | |
Xitoyning shimoli va shimoliy-sharqida koronavirusning yana avj olishi chet el fuqarolari bilan bir qatorda, import qilinadigan tovarlar oqimini nazorat qilish choralarining zaiflashishi bilan bog‘liq. Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasida 16 yanvar, shanba kuni infeksiyaning yana kuchayishi paydo bo‘lishining sabablari tushuntirildi, deb xabar beradi “TASS”. Bo‘lim boshlig‘i Ma Syaovey so‘zlariga ko‘ra, muzlatilgan mahsulotlarni yetkazib berish noto‘g‘ri amalga oshirilgan: karantin uchun mo‘ljallangan joylarda ushbu hududdagi ba’zi ishchilar yetarli darajada ishlashmagan. Epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar so‘nggi paytlarda o‘z vazifalarini yetarli darajada bajarishmagan. Bundan tashqari, XXR hukumati virusni mamlakatda yana paydo bo‘lishi va butun mintaqalarga faol tarqalishi bilan bog‘liq muammolarni hal qila olmadi. "Epidemiya xavfini oldini olish bo‘yicha choralar ham yetarli yemas", deya qo‘shimcha qildi Syaovey. 15 yanvar kuni Xitoyda mart oyining boshidan beri koronavirus infeksiyasining rekord miqdordagi yangi holatini aniqlandi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|