18:26 Xitoyda koronavirusdan davolanish qancha turadi? | |
Xitoyda bir nafar bemorni koronavirus infeksiyasidan davolash uchun 21,5 ming yuan (taxminan 3,07 ming dollar), bemor og‘ir bo‘lsa 150 ming yuan (taxminan 21,4 ming dollar) talab qilinadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi tibbiy sug‘urtasi davlat boshqarmasi vakili Syun Syanszyun xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim holatlarda o‘ta og‘ir bemorlarni davolash uchun 1 million yuandan (142 ming dollar) ko‘proq pul talab qilinishi ham mumkin. 11 aprel holatiga ko‘ra, Xitoydagi COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarning umumiy soni 81 900 ming nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirusdan 3 300 dan ortiq odam vafot etdi, 77 500 mingdan ortiq bemor davolandi. Avvalroq, AQSHda bir kishini koronavirusdan davolash 75 ming dollarga tushishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Qo‘shma Shtatlarda sug‘urtasiz odamlar uchun COVID-19 dan shifoxonada olti kunlik davolanish 73,3 ming dollarga, sug‘urtalanganlar uchun 38 ming dollarga tushadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|