09:56 Xitoyda Pokemon Go taqiqlandi | |
XXRning matbuot, radiouzatish, kinematografiya va televidenie ishlari bo‘yicha Davlat boshqarmasi Pokemon GO mobil ilovasini qonunga zid deb e’lon qildi. Mamlakat hukumati ushbu o‘yinni fuqarolarning hayoti uchun xavfli deb topdi, bu haqda Reuters xabar berdi. Aytilishicha, Xitoy hukumati Pokemon GO o‘yiniga taqiqni to‘g‘ri qabul qilishdi, sababi mazkur o‘yin oqibati o‘lim bilan tugagan turli hodisalar sodir bo‘lgandi. Bundan tashqari mamlakat o‘yin paytida ishlatiladigan geolokatsiya ma’lumotlari sababli “geografik axborot xavfsizligidan” ham havotirda. Pokemon GO — smartfonlar uchun mobil ilova bo‘lib, u qo‘shimcha reallik elementlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur ilova 2016 yilning 6 iyul kuni Nintendo kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan. O‘yin Yaponiyaning “Pokemon” multseriali asosida yaratilgan, va uning maqsadi shahar bo‘ylab virtual mavjudotlarni izlash hisoblanadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|