Главная » 2020 » Октябрь » 29 » Xiyonatkor erkak uyda o‘zini qanday tutadi? Psixolog javob beradi
17:16

Xiyonatkor erkak uyda o‘zini qanday tutadi? Psixolog javob beradi


Xotinini aldayotgan erkaklar uyda o‘zini qanday tutadi? Bu ayollar uchun juda qiziq yoki allaqachon ma’lum bo‘lishi ham mumkin. Belgilarning eng asosiysi, erkaklar hayotida oilasidan boshqa bir munosabatlar paydo bo‘lganda ularda ko‘proq maxfiylik kuzatila boshlaydi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

  • Telefon, kompyuter qurilmalariga parol qo‘yiladi.
  • Smartfon rejimi o‘zgaradi, endi bildirishnoma yoki xabar ekranda aks etib turmaydi.
  • Ish, uchrashuv, do‘stlar yig‘ilishi tufayli uyga hamisha kech kelish boshlanadi.
  • Dam olish kuni shoshilinch ishlar tug‘iladi.
  • O‘ziga g‘amxo‘rlik ortadi, vazn yo‘qotish, sport bilan shug‘ullanish, yangi kiyimlar sotib olish kabi.
  • Hojatxona yoki hammomda uzoq vaqt telefon bilan birga qolib ketish holatlari takrorlanadi.
  • Oila davrasida qo‘ng‘iroqlarga javob berilmaydi, ammo birozdan so‘ng o‘zi qayta qo‘ng‘iroq qiladi.
  • Rafiqasi bilan munosabatlarning sovuqlashishi odatga aylanadi.

Umuman oilasiga xiyonat qiluvchi erkaklar turli xarakterda bo‘lmasin, ular asosan uchta katta guruhga ajratiladi:

Birinchi guruh vakillari turmush o‘rtog‘ini aldaydi, ammo oilasini tark etishni istamaydi. Bunday toifaga kiruvchi erkaklar ayoliga barcha qulayliklarni yaratadi. Oilasini iloji boricha hech narsaga muhtoj qilmaydi. Bu borada ajrashishni istamagan erkakni qaysidir ma’noda ideal deb atash ham mumkin. Sababi ular xiyonat yaxshi emasligini biladi va o‘zining xatti-harakatlaridan uyaladi.

Ikkinchi guruh vakillari ketish yoki qolish borasida hali qat’iy qaror qabul qilmagan bo‘ladi. Ular doimo yomon vaziyatlarda o‘zini yaxshidek ko‘rsatishga urinadi. Garchi ayoliga e’tibor berib, unga yaxshi munosabatda bo‘lishga urinsa-da, ulardagi sovuqqonlik sezilib turadi.

Uchinchi guruh vakillarining bir oyog‘i allaqachon ostonada bo‘ladi. Bu kabi sadoqatsiz turmush o‘rtoqlar endi rafiqasi ular uchun qadrli emasligini yashirib ham o‘tirmaydi. Garchi ular umumiy turar-joy, farzandlar tufayli oilasi davrasida bo‘lsa-da, o‘y-fikrlar umuman boshqa tomonga qaratilgan bo‘ladi. Shundan so‘ng uzoqlashish belgilari paydo bo‘ladi.

Ushbu toifadagi erkaklarda quyidagi holatlar yaqqol namoyon bo‘ladi:

Arzimagan narsalar uchun asabiylashish. Avvalgidek tug‘ilgan kun nishonlash, dam olish kuni qayerga borishni maslahatlashish, qanday kiyim sotib olish yoki bolalarni maktabdan olish borasida bildirilgan takliflar ham ularni birdaniga asabiylashtiradi. Doim takrorlanib turadigan holatlar endi ularning jahlini chiqara boshlaydi.

Birgalikda vaqt o‘tkazishni istamaslik. Uyga ertaroq bormaslik uchun, albatta, biror bahona topiladi. Shuningdek, oilasi davrasida qolmaslik, tadbirlarda qatnashmaslik, hatto rafiqasining tug‘ilgan kunidan oldin atayin janjal ham keltirib chiqarishi mumkin.

Alohida uxlash. Uyga kelgan taqdirda ham futbol yoki boshqa narsa bahonasida alohida uxlash holatlari kuzatiladi. Yana nimalar ro‘y berishi mumkin? Nima bo‘lganda ham, qandaydir bahonalar bilan uyda kam vaqt o‘tkazishga harakat qiladi. Shuningdek, faqat kundalik mavzulardan gap ochiladi. Masalan, rafiqasi hech qachon tayyorlab ko‘rmagan taomni pishirishni buyurishi mumkin.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Xiyonatkor, javob beradi, psixolog, Erkak, Uyda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz