09:09 Xorazmda fuqaro o‘zini bino tomidan tashlamoqchi bo‘ldi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida fuqaro ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani haqida video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea joriy yilning 23 yanvar kuni soat 13:30 larda Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Zamon” xabar berdi. Hazorasp tumanida yashovchi, 1977 yil tug‘ilgan shaxs tibbiyot birlashmasi tomiga chiqqan. O‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan pastga olib tushilgan. Qayd etilishicha, u o‘zining xatti-harakatlarini anglay olmaydigan darajada kuchli mast holatida bo‘lgan. Fuqaro oila a’zolari hamrohligida qo‘yib yuborilgan. Hozirda Hazorasp IIB tomonidan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|