20:28 Yana bir mamlakatda koronavirus aniqlandi | |
Uzoq vaqt davomida yangi turdagi koronavirus bilan kasallanish holati uchramagan sanoqli davlatlar safida e’tirof etib kelingan Lesoto, afsuski ushbu ro‘yxatni tark etdi. Afrika janubidagi Lesoto davlatining Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda yangi turdagi koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganini ma’lum qildi. 9 may kuni Janubiy Afrika Respublikasi va Saudiya Arabistonidan kelgan 81 kishi hukumat tomonidan koronavirusga testdan o‘tkazilgan. 12 may kuni olingan test natijalari sayyohlardan birida musbat natija bergan. Idoradan ma’lum qilishlaricha, bemor Yaqin Sharqdan kelgan.Unda kasallikning hech qanday alomatlari kuzatilmagan. Lesoto Afrika ittifoqi tarkibiga kiruvchi 55 davlat orasida hech bo‘lmaganda 1 nafar COVID-19 bilan zararlangan fuqarosi aniqlangan 54-mamlakatdir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|