22:23 Yangi pandemiya vujudga kelishi taxmin qilindi | |
Insoniyat o‘zini hayot strategiyasini va yashash tarzini o‘zgartirishi kerak. Bo‘lmasa yangi pandemiya vujudga kelishi aniq Bu haqda biolog, BMTning hayvonlarni himoya qilish va bioxilma-xillik sohasidagi konferensiyalari ishtirokchisi Mariya Voronsova ma’lum qildi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, insonning hozirgi hayot tarziga qarab bilsa bo‘ladiki, populyatsiyaga tahdid soladigan yangi halokatli bakteriyalar paydo bo‘lishi muqarrar va buni oldindan aytish qiyin emas. Uning aytishicha, keyingi pandemiya 2 yildan so‘ng bo‘lishi mumkin.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, odamlar yer ekotizimiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, u odamzod tabiatni ayamayapganini ham qo‘shib qo‘ydi. Voronsovaning ma’lum qilishicha, inson populyatsiyasining “parazit“ strategiyasi tufayli boshqa turlar va madaniyatlar, xususan, palma plantatsiyalari, katta o‘rmonlar, turli jonivorlar yo‘q qilinmoqda. Uning fikricha, inson sayyoraning boshqa “aholisi“ bilan birga yashashga intilishi kerak. Ma’lumot uchun, aprel oyi boshida olimlar yovvoyi hayvonlarning ekspluatatsiyasi pandemiyaning paydo bo‘lishiga ta’sir qilishini aytishdi. Xususan, ular yovvoyi tabiatni yo‘q qilish va yangi yuqumli kasalliklarning tarqalishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topdilar. Odatda, bu ov qilish, yashash joylarining buzilishi va urbanizatsiya tufayli hayvonlarning majburiy ko‘chishi bilan bog‘liq.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|