23:22 Yer atmosferasida meteorit portladi | |
Ushbu hodisa Kamchatka ustida ro‘y berdi. Bu haqda "Rossiya Fanlar akademiyasining yagona geofizika xizmati" Federal tadqiqot markazining Kamchatka filiali direktori Danila Chebrov ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti. Uning ta’kidlashicha, olimlar hodisa guvohi bo‘lgan kishilar tomonidan olingan videoni ko‘rgach, meteoritning atmosferaga kirish signalini qidira boshlagan. Ilgari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoda samoviy jismning parvozi va uning portlashi aks etgan. Chebrovning aniqlik kiritishicha, Nachiki shaharchasida joylashgan infratovush stansiyasi mutaxassislari 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:09 da Kamchatkaning g‘arbiy qirg‘og‘i maydonida atmosferaga kirib kelgan meteorit signalini qayd etishgan. Ta’kidlanishicha, portlagunga qadar uning Yer atmosferasi zich qatlamlarida harakati 55 soniya davom etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ob’ektning diametri salkam 10 metr va portlash energiyasi tortil ekvivalentida 1-5 kilotonna atrofida bo‘lgan. Taqqoslash uchun: Tungus meteoriti energiya chiqarishi 10-30 megotonnani tashkil etgan yoki 1883 yilda Karatau vulqonining portlashi oqibatida TNT ekvivalentida 200 megotonna energiya chiqarilgan. 2004 yil 26 dekabrda halokatli sunami keltirib chiqargan Hind okeanidagi zilzila paytida chiqarilgan umumiy energiya (9,3 balli) 9600 gigatonga teng bo‘lgan. G.Xoldorova tayyorladi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|