11:50 Yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashish uchun qanday talablar qo‘yildi? | |
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublikasi maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq bugun, 8 may kunidan “yashil” va “sariq” tofiga kirgan hududlarda yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanishga ruxsat berildi. Toshkent shahar transport boshqarmasi yo‘nalishsiz taksilarga qo‘yilgan maxsus talablarni eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi ( tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi ), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi belgilangan. Yengil avtotransport vositasi haydovchilari hamda korxona xodimlari tomonidan yuqorida qayd etilgan qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisabatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek, yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning litsenziyalari bekor qilinishi belgilangan. Ma’lumot uchun, hozirda Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari "yashil", Toshkent shahri, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari "sariq" qolgan viloyatlar "qizil" toifaga kiritildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|