22:27 «Zaporojets» qaytmoqda: kutilmagan, kuchli va qimmat | |
Ukrainadagi Zaporoje avtomobil zavodi (ZAZ) 2022-yildan yangilangan «Zaporojets»ni keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Yangi mashinalarga «Odessa» ZAZ nomi beriladi.
Yangi mashinalarga Xitoyning «FAW» avtokorporatsiyasiga qarashli «GrouBesturn T77» modellari asos qilib olingan, ukraincha va xitoycha modellar o‘rtasida aytarli tafovut yo‘q. Har ikki talqinda ham 1,5 litrli, 160 ot kuchiga ega dvigatellar ishlatiladi, 6-bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoki «avtomat korobka» o‘rnatiladi. Avtomobil zamonaviy dizaynga ega. «Zaporojets» paneli raqamli, zamonaviy mediatizim va ikki zonali iqlim-nazorat tizimiga ega bo‘ladi. Yangi «Zaporojets»ning narxi 1,5 million rubldan boshlanadi. Solishtirish uchun: «Renault» kompaniyasi ayrim mashinalarini Rossiyada arzonroqqa sotyapti:
Manba: "xabar.uz"
| |
|