Главная » 2018 » Январь » 12 » 2017-yilda Toshkentda oilaviy ajrimlar soni ikki mingtadan ortgan
20:39

2017-yilda Toshkentda oilaviy ajrimlar soni ikki mingtadan ortgan


“Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo‘limi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilda Toshkentda uch mingga yaqin oilaviy ajrimlar qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib mingtaga kamaygan, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.

Toshkent shahridagi 505 mahalla fuqarolar yig‘ini huzurida tashkil etilgan yarashtirish komissiyalarining sa’y-harakati bilan o‘tgan yilda 907 ta oilaviy ajrimlar oldi olindi.

Oilaviy ajrimlar tahlil etilganda, yetishmovchilik, oilani boqa olmaslik emas, ularning aksariyati o‘ziga to‘q, boyligi o‘ziga yetarli xonadonlarda yuz berayotgani ayon bo‘lgan. Misol uchun, ko‘plab oilaviy kelishmovchilarning “kelinning sepi munosib kelmaganmish”, “kelinning otasi kuyovga yaxshi yordam bermasmish...”, “kuyoviga mashina sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan qaynota o‘z va’dasida turmabdi” kabi bahonalar sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari qaynonalarning o‘ta talabchanligi, qaynona-kelin mojarosi, aksariyat ajrimlarda esa Toshkent shahrida doimiy ro‘yxat o‘tish masalalari, yoshlarning ortiqcha orzu-havasga hirs qo‘yishi, yoki ular o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbat va hurmatning yo‘qolganligi kabi qator omillar ham sabab bo‘layotgani aniqlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, ortgan, ikki mingta, 2017-yil, oilaviy ajrimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz